Xalqimiz milliy madaniyati va san’atini ravnaq toptirish, uning o‘ziga xos maktab va an’analarini rivojlantirish yo‘lida hukumatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik navqiron avlod ma’naviyatini yanada yuksaltirish, istiqlol yillarida ma’naviy-ma’rifiy jabhalarda erishgan yutuqlarimizni jahonga namoyon etishdek ulug‘vor maqsadlarga xizmat qilmoqda.
12-sonli bolalar musiqa va san’at maktavi Toshkent viloyatining ma’muriy markazi bo‘lmish qadimiy va navqiron Nurafshon shahrida joylashgan. 2023-yilda bizning maktabi tashkil etilganiga 60 yil to‘ladi. O‘tgan davr mobaynida ushbu san’at dargoxini bitirgan yuzlab o‘quvhilar hozirgi kunda turli san’at muassasalarida faoliyat ko‘rsatishmoqda.
Birinchi Prezidentimizning 2008-yil 8-iyuldagi «Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha 2009-2014 yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi to‘g‘risida»gi 910-qaroriga muvofiq bizning maktab 2011-yilda to‘liq qayta ta’mirlanib moddiy-texnik bazasi yanada yaxshilandi. Maktab zamonaviy musiqa cholg‘ulari, ovoz kuchaytirgich, mebel va uskunalar bilan jihozlandi, bosqichma-bosqich ravishda zarur o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, notalar, SD disk va ko‘rgazmali materiallar bilan ta’minlanib kelinmoqda. Maktabda elektron kutubxona tashkil qilingan bo‘lib uninig bazasi 5000 ga yaqin elektron kitobni, 10 000 ga yaqin turli notalarni tashkil qiladi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, bolalar musiqa va san’at maktabida yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar natijasida o‘quvchilar qamrovi so'nggi yillarda keskin ortdi. Hozirgi kunda maktabimizda 280 o‘quvchi musiqa va san’atning 11 ta yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olmoqda. Ularga 29 ta o‘z ishini puxta biladigan pedagoglar ta’lim sirlarini o‘rgatib kelishmoqda.
Maktabda bolalarning ma’lum bir cholg‘u asobini chalish texnikasini egallash bilan bir qatorda, jahon mumtoz musiqasini, dunyoga tanilgan buyuk bastakorlar va rassomlarning ijodini chuqur o‘rganish, o‘quvchilarning musiqiy va umumiy madaniyatini oshirish, bolalarda butun umri davomida xamroh bo‘ladigan musiqa va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini kuchaytirish va muhabbatni har tomonlama singdirish ishlari olib borilmoqda.
Bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilarining madaniy saviyasini yuksaltirish, milliy va jahon musiqalari, tasviriy san’atning yuksak namunalaridan keng baxramand bo‘lishlari uchun zarur sharoitlar yaratilgan. O‘quv tarbiya jarayoni Bolalar musiqa va san’at maktablariga qo‘yilgan davlat talablari asosida tashkil etilgan, Madaniyat boshqarmasi tomonidan taqdim qilingan va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan o‘quv dasturlari mavjud va ularga xozirgi zamon talablariga mutanosib keladi.
Maktabimiz o‘quvchilari nafaqat mamlakatimizda, balki jahon miqyosida o‘tkazilayotgan tanlovlarda va festivallarda, viloyat miqyosida tashkil etiladigan barcha bayram tadbirlarida ishtirok etib kelishadi.
2018-yilning mart oyida Rossiya Federasiyasining Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan «Петербургская весна-2018» xalqaro tanlovida maktabning xalq cholg‘ulari bo‘limining o‘qituvchi O‘taev Zokir Ergashevich boshchilik qilgan «Toshkentim kuylari» rubobchilar ansambli ishtirok etishib, faxrli 1-o‘rinni egalladi.
2018-yilning may oyida Rossiya Federasiyasining Kazan shahrida o‘tkazilgan IV-xalqaro festival-tanlovda xalq cholg‘ulari bo‘limi o‘quvchisi Karimberdiev Samandar ishtirok etib Gran Prini qo‘lga kiritdi.
2019-yilning 7-10 yanvar kunlari Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida o‘tkazilgan «Московское созвездие» xalqaro tanlovida maktab o‘qituvchi O‘taev Zokir Ergashevich rahbarligidagi «Toshkentim kuylari» rubobchilar ansambli ishtirok etishib Gran Pri sohibi bo‘lishdi.
2021-yil fevral oyida Rossiyaning Moskva shahrida o‘tkazilgan «Малахитовая шкатулка» xalqaro ko‘rik-tanlovida maktab xalq cholg‘ulari bo‘limi o‘quvchisi Sh.Muxamadjonov vaxoreografiya bo‘limining «Shodlik» raqs jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
Maktabimiz eshigi barcha san’at ixlosmandlari uchun ochiq. Biz sizni bizning maktabda ko‘rgandan xursandmiz!
