Assalomu alaykum!

Toshkent viloyati Nurafshon shahar 12-sonli bolalar musiqa va san‘at maktabining rasmiy saytiga xush kelibsiz! Ushbu sayt sahifalarida Siz o‘z an’nalariga ega bo‘lib Toshkent viloyatining ijg‘or makatablaridan hisoblanadigan maktabimiz hayoti bilan tanishasiz. 1963-yilda tashkil etilgan ushbu san’at dargohini o‘tgan davrda minglab iste’dodli o‘quvchilar bitirib chiqdi. Hozirgi kunda 222 o‘quvchi musiqa va san’atining 9 ta yo‘nalishida ta’lim olib kelyapti. Ularga o‘z ishining ustasi bo‘lgan 17 ta jonkuyar pedagoglar saboq berib kelyapti.

Maktab faoliyati

Maktab ko‘rsatkichlari

Maktab tashkil etilgan yil
0
O‘quvchilar soni
0
Pedagoglar soni
0
Yo‘nalishlar soni
0

Ta’lim

Maktabda faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘limlar

Maktab faoliyati

Yangiliklar, voqealar

Nurafshon shahar 12-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim beriladi:

Musiqa yo‘nalishi
O‘qish muddati 7 yil

1. Akademik fortepiano;

O‘qish muddati 5 yil

1. O‘zbek xаlq chоlg‘ulаri (qashqar rubobi, doira, afg‘on rubobi, rubob-prima, dutor);

2. An’anaviy cholg‘u ijrochiligi (dutor, doira);

3. Damli va zarbli cholg‘ular (marimba, baraban);

4. Estrada cholg‘u ijrochiligi (gitara);

5. Estrada xonandaligi.

San’at yo‘nalishi
O‘qish muddati 5 yil

1. Tasviriy san’at;

2. Teatr san’ati;

3. Xoreografiya;

4. Amaliy san’at

O‘qishga kirishda taqdim qilinadigan hujjatlar ro‘yxati bilan ushbu sahifada tanishishingiz mumkin.