Joriy 2026-yil 30-yanvar kuni fortepiano yo‘nalishi o‘qituvchisi Karabayeva Shahnoza 1-sinf o‘quvchisi Asalxon Ulug‘bekova bilan “Boshlang‘ich sinflarda texnika ustida ishlash” mavzusida ochiq dars o‘tkazdi. Dars jarayonida texnik mashqlar bajarildi, qo‘l va barmoq texnikasi mustahkamlandi, ritm va tezlik ustida ishlandi va ijro ko‘nikmalari namoyish etildi.
Dars mazmunli va samarali o‘tdi.
O‘quvchining faolligi va ijrosi yuqori baholandi.