Maktab yangiliklari

“Sehrli ranglar” respublika ko‘rik tanlovi — yangi yutuq!

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida “Sehrli ranglar” respublika ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda Nurafshon shahri 12-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi tasviriy san’at bo‘limi o‘quvchilari ham munosib ishtirok etdi. Rajabov Ravshanbek va Abdumannapova Sevinch faxrli 3-o‘rinni egallashdi.

Iqtidorli o‘quvchilarning ustozlari va ota-onalariga minnatdorchilik bildiramiz.

Yosh ijodkorlarimizga yanada katta zafarlar tilaymiz!