2026-yil 10-fevral kuni Nurafshon shahar 12-son musiqa maktabida gitara ijrosining muhim asoslariga bag‘ishlangan ochiq dars bo‘lib o‘tdi. Gitara sinfi o‘qituvchisi Jo‘raboyev Shoxrux 1-sinf o‘quvchisi Hasan Tolqinjonov ishtirokida “Gitara chalishda to‘g‘ri o‘tirish va qo‘l holati” mavzusida ochiq dars o‘tkazdi.