Maktab yangiliklari

Maktabimizda xayriya hashari boʻlib oʻtdi

“Hashar — elga yarashar” degan maqol bejiz aytilmagan. Hasharda xalqimizga xos bag‘rikenglik, o‘zaro hamjihatlik, umumxalq bayrami oldidan mahallalar, ko‘chalar va aholi turar-joylarini obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik va hamjihatlik bilan amalga oshiriladi.

Joriy yilning 14-mart kuni maktabimizda Navroʻz bayrami va Roʻza hayiti arafasida “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida xayriya hashari boʻlib oʻtdi.

Hashar davomida maktab hududi tozalanib, atrof-muhit tartibga keltirildi, daraxt va gulzorlar parvarish qilindi.

Ustozlar, xodimlar hamda o‘quvchilar birgalikda faol qatnashib, maktab hududini yanada ozoda va ko‘rkam maskanga aylantirishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

Bunday ezgu tashabbuslar nafaqat tozalik va obodonlikni ta’minlaydi, balki jamoada hamjihatlik va birdamlikni mustahkamlaydi.

Hashar yakunida maktab hududi yanada chiroyli, fayzli va ozoda qiyofa kasb etdi.