Nurafshon shahri 12-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida ajoyib musiqiy kecha bo‘lib o‘tdi. Unda Respublika musiqa va san’at texnikumining Estrada cholg‘uchiligi kafedrasi o‘quvchilari ishtirok etib, tomoshabinlarga boy konsert dasturini taqdim etdilar.
Konsert davomida o‘zbek va jahon bastakorlarining sara asarlari ijro etilib, zalga yig‘ilgan mehmonlarga unutilmas musiqiy lahzalar ulashildi.
Yosh ijodkorlarning sahnadagi mahorati, ijroga bo‘lgan muhabbati va professional chiqishlari barchaning olqishiga sazovor bo‘ldi.
Tadbir musiqaga oshno yoshlar uchun katta ilhom manbai bo‘ldi.
Bunday ijodiy uchrashuvlar yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning san’atga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.