Maktab yangiliklari

“Ayol baxtli bo‘lsa, jamiyat baxtlidir” bayram tadbiri tashkil qilindi

Nurafshon shahri 12-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda nishonlandi.

Tadbir davomida maktabning iqtidorli o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan kuy-qo‘shiqlar, milliy va zamonaviy raqslar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi. Sahna ko‘rinishlari, dilbar kuylar va jozibador raqslar orqali ayollarga bo‘lgan hurmat va ehtirom yana bir bor ifoda etildi.

Bayram dasturida ustozlarning mehnati, mehr-muhabbati va san’atga bo‘lgan fidoyiligi alohida e’tirof etildi. O‘quvchilar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, raqs chiqishlari va badiiy sahna ko‘rinishlari tadbirga yanada fayz bag‘ishladi. Har bir chiqish tomoshabinlar tomonidan iliq qarshi olinib, zal qarsaklar sadolari bilan to‘ldi.