Maktab yangiliklari

“Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir” bayram dasturi o‘tkazildi

Nurafshon shahri 12-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir” shiori ostida bayram dasturi ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi!

Iqtidorli o‘quvchilarning kuy-qo‘shiqlari, milliy raqslar va sahna chiqishlari barchaga unutilmas kayfiyat ulashdi.

Navro‘zning iliq nafasi, quvonch va samimiyatga boy muhit ushbu tadbirga o‘zgacha joziba bag‘ishladi.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!