Maktab yangiliklari

“Zamonaviy jaz va elektron musiqa” mavzusida viloyat seminari o‘tkazildi

Joriy yilning 25-mart kuni Toshkent viloyati Piskent tumanidagi 30-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida estrada cholg‘u ijrochiligi fortepiano yoʻnalishi oliy toifali oʻqituvchisi S.F.Maxmudova tomonidan “Zamonaviy jaz va elektron musiqa” mavzusida viloyat seminari o‘tkazildi. Seminar davomida zamonaviy musiqa , xususan jaz va elektron musiqa uyg‘unligi, ularning ijro uslublari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbirda oʻqituvchi va oʻquvchilar tomonidan zamonaviy ijro texnikalari amaliy tarzda namoyish etildi. Shuningdek, elektron musiqa yaratishda qo‘llaniladigan dasturlar va texnologiyalar haqida tushunchalar berilib, ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashdilar.

Seminar o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, zamonaviy musiqa yo‘nalishlariga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish hamda ta’lim sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qildi.